Янгиликлар

Yoshlar yetakchilariga Prezident sovgʻasi - sport anjomlari topshirildi

Mahallalarda yoshlarning ommaviy sport bilan shugʻullanishlari va “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkaziladigan musobaqalar uchun viloyatdagi 1126 ta mahallaga toʻrt turdagi 10 mingdan ziyod sport jihozlari topshirildi.

Jumladan, Kattaqoʻrgʻon shahar mahallalariga 360 ta sport jihozlari topshirildi.

TAYINLOV

Ochilov Murodullo Amriddin o‘g‘li - Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar filiali boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

U bunga qadar Kadastr agentligi davlat kadastrlari palatasi Kattaqo‘rg‘on tuman filiali boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Hokim istirohat bog‘i yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi

Shahrimizdagi Alisher Navoiy nomli markaziy istirohat bog‘i o‘zining tarixiga ega bo‘lib uzoq yillardan buyon kattaqo‘rg‘onliklar dam olish maskani sifatida foydalanib keladilar. Shaharliklar tilida “park” deb ataladigan, ayniqsa bolajonlarning sevimli go‘shasi bo‘lgan  ushbu maskanda ko‘plab ommaviy-madaniy tadbirlar o‘tkazib kelinadi.  

Bir nuroniy o‘n nafar yoshga mas’ul

Bugun Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialida shahar “Nuroniy” jamg‘armasining  "Bir nuroniy o‘n nafar yoshga mas’ul" tamoyili yuzasidan seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda “Nuroniy” jamg‘armasi Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi raisi Anvar Masharipov, shahardagi mahalla fuqarolari yig‘inlarining "Keksalar maslahat guruhi" a’zolari, faol nuroniylar hamda yoshlar vakillari ishtirok etishdi. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM