Yoshlarni buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan saqlash muhim

Image_tadbir: 

Bugun Samarqand Davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filialida talabalar o‘rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyat hududiy boshqarmasi Kattaqo‘rg‘on shahar xodimi B.Qodirov hamda Respublika Ma’naviyat  va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi rahbari Q.Boykalonovlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda yoshlar o‘rtasida bugungi kunda uchrab turgan jinoyatchiliklar, salbiy oqibatlari va ularni oldini olish borasida ham fikrlar bildirildi. Samimiy muloqot tarzida o‘tgan davra suhbati davomida yurtga sadoqat, fidoiylik, bag‘rikenglik g‘oyalari haqida so‘z yuritilib, talabalarni qiziqtirgan savollar bo‘yicha tegishli ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ushbu tadbirda ishtirokchilarga to‘g‘ri yo‘ldan adashganlar qismatini hikoya qiluvchi “Tinchlik qadri” nomli hujjatli film namoyish etildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM