Янгиликлар

Yangi O‘zbekiston Strategiyasida Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish kabi vazifalar

Ma’lumki, Yangi O‘zbekiston Strategiyasida Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish kabi vazifalar belgilangan.
Xususan, yangi tahrirdagi Konstitutsiya talablaridan kelib chiqqan holda Oliy Majlis palatalari faoliyatiga oid qonunchilik bazasi takomillashtirilib, ularning ishi yangi tamoyillar asosida tashkil etilmoqda.
Oliy Majlis palatalari va ularning organlari tomonidan qarorlar qabul qilish va e’lon qilish jarayonlari raqamlashtirilmoqda.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etishda ustuvor vazifalar 

Shahrimizdagi 1-son oilaviy poliklinikasida o‘tkazilgan hududiy seminar ushbu masalaga bag‘ishlandi. Unda Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari E.Basitxanova, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.Zayniev, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari boshliqlari va ularga biriktirilgan kuratorlar, trenerlar ishtirok etdi.

Jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurash borasidagi ishlar muhokama etildi

Kattaqo‘rg‘on shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tegishli tashkilotlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda 2023 yilning o‘tgan 12 oyida shaharda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, tezkor qidiruv, surishtiruv va dastlabki tergov borasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligini o’rganish natijalari muhokama qilindi. Bu bo’yicha shahar prokurorining o’rinbosari A.Mamatqulovning axboroti hamda mas’ullarning hisobotlari eshitildi. 

"Unutma seni uyda oilang kutyapti" shiori ostida profilaktik tadbir o'tkazildi. 

Bugun Kattaqo'rg'on shahar Yo'l patrul xizmati tomonidan Vatanparvar MFY da harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari uchun "Unutma seni uyda oilang kutyapti" shiori ostida  profilaktik tadbir o'tkazildi.

Tadbirda yo'l qoidalari haqida hamda mahalladagi ko'chalarga su'niy notekislik qo'yish tartibi haqida so'z yuritildi.

Targ‘ibot tadbirlari davom etadi

Bugun “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostidagi targ'ibot tadbiri 1-sektor hududidagi “G‘arb machit” mahallasi fuqarolari uchun Axborot kutubxona markazida o‘tkazildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar ma’naviyat va ma’rifatning inson hayotidagi, jamiyat rivojidagi o‘rni haqida so‘z yuritdilar.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM