MUROJAATLAR O‘RGANILDI

Bugun shahar Xalq qabulxonasida shahar hokimi Gavhar Alimovaning navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida 10 nafardan ortiq fuqarolar turli masaladagi murojaatlari bilan ishtirok etdilar.

O‘rganish davomida fuqarolardan tushgan subsidiya asosida uy-joy olish, bolalar nafaqasi, kadastr hujjati bilan bog’liq murojaatlariga huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, qabulda fuqarolardan ishga joylashish, yo‘l, oilaviy masalalar bo‘yicha tushgan murojaatlar ham atroflicha o‘rganilib, ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM