Янгиликлар

JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISHDA PROFILAKTIK TADBIRLAR MUHIM AHAMIYATGA EGA

Kattaqo'rg'on shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirokida jinoyatchilikni oldini olish va bu borada profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish yuzasidan muhokama yig‘ilishlari o‘tkazildi.
1-sektor hududidagi  “Oq -oltin”, “O‘rikzor” va “Ermachit” mahallalarida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda mahalla faollari, profilaktika inspektorlari, mahalla vakillari ishtirok etdi.

Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o`tkazildi

Kuni kecha Kattaqo'rg'on shahar kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi, IIB Probatsiya bo‘limi bilan hamkorlikda ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish va kasbga o`qitish, qayta tayyorlash maqsadida Ingichka qo`rg`onchasidagi “SAMKAT MEGA STAR INVEST” MCHJ da kasanachilik yo’nalishida tashkil etilgan ish o`rinlari bo`yicha “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o`tkazildi.

Ёшлар етакчиси ҳар бир ёш билан бевосита иш олиб бориши лозим

Ёшлар етакчиси ўзи иш олиб бораётган маҳалладаги ҳар бир ёш билан бевосита иш олиб бориши  лозим, – дея таъкидлади бугун “Ермачит” маҳалласида ёшлар етакчилари билан ўтказилган семинарда шаҳар ҳокими ўринбосари Жамшид Носиров. Бирор бир ёш ва унинг муаммоси етакчининг эътиборидан четда қолмаслиги керак. Етакчи қанчалар фидойи бўлса, маҳалла еттилиги билан ҳамкорликдаги ишларни яхши йўлга қўйса шу ҳудудда ҳар қандай муаммога ечим топилади.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM