JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISHDA PROFILAKTIK TADBIRLAR MUHIM AHAMIYATGA EGA

Kattaqo'rg'on shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirokida jinoyatchilikni oldini olish va bu borada profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish yuzasidan muhokama yig‘ilishlari o‘tkazildi.
1-sektor hududidagi  “Oq -oltin”, “O‘rikzor” va “Ermachit” mahallalarida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda mahalla faollari, profilaktika inspektorlari, mahalla vakillari ishtirok etdi.

-Jinoyatchilikni oldini olishda joylarda o‘tkaziladigan profilaktik tadbirlarning ahamiyati katta,- dedi shahar hokimi o‘z so‘zida. Shuningdek, shahar hokimi ushbu profilaktik ishlar samaradorligini yanada oshirishda hamkorlikni yaxshi yo‘lga qo‘yish, qolaversa, jinoyatlarni oldini olish uchun avvalo, uni keltirib chiqaruvchi sabablarini o‘rganish va bartaraf etish lozimligini ta’kidladi.

Yig‘ilishlarda jinoyatchilikni odini olish borasida tegishli vazifalar va zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM