Mahalla yettiligi hamkorlikda faoliyat olib borishi lozim

Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2023 yil 21 dekabrdagi PF-209 farmonida joylarda “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar aniq belgilab berilgan. 

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligida “mahalla yettiligi” faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. 

Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi boshqarma boshlig‘i Navruz Musaev, shahar hokimligi mutasaddilari hamda shahar “mahalla yettiligi” ishtirok etdi.  Seminar davomida “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha “Andijon tajribasi” xususida ma’lumot berildi. 

Shuningdek, ishtirokchilarga “Mahalla balansi”ni shakllantirish, balans asosida mahallaning “Yo‘l xaritasi” va bandlik dasturini ishlab chiqish kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar tushuntirildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM