XOTIN-QIZLAR FAOLLARI UCHUN SEMINAR O‘TKAZILDI

Bugun shahrimizda mahalla yettiligining faoliyati yuzasidan mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari uchun seminarlar tashkil etildi.

Shunday seminar xotin-qizlar faollari uchun ham samarali tashkil qilindi. Alisher Navoiy nomli mahallada o‘tkazilgan tadbirni shahar hokimi o‘rinbosari Sh.Kuchkarova ochib berdi. 

Seminar davomida xotin-qizlar faollarining mahallalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, oilalarda totuvlikni qaror toptirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, oilalardagi nizolarni oldini olish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilish bo‘yicha olib boriladigan ishlar borasida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, shahar IIB xotin-qizlar bo‘yicha katta inspektori Z.Axatova xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish, profilaktik tadbirlarni tashkil qilish, hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar haqida fikrlarini bildirdi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM