Янгиликлар
Kuz qish shtabi: Muammolar hal etilmoqda
14.01.2023 - 15:50Shahar kuz-qish shtabi tomonidan aholi va ijtimoiy obyektlarni ichimlik suvi, gaz va elektr energiyasi bilan taʼminlash hamda yuzaga kelayotgan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha kunu-tun faoliyat olib borilmoqda.
Hurmatli hamshaharlar!
14.01.2023 - 10:15Tarmogʻda kuchlanishning ortib ketishi sababli “teatr” energiya tarqatish punktidan 365 TP oraligʻidagi yer osti kabelida uzilish yuzaga kelgan. Hozirda Kattaqoʻrgʻon shahar Elektr tarmoqlari korxonasi taʼmirlash brigadalari tomonidan yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf qilish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda.
SHAHAR HOKIMI DEPUTATLAR HAMROHLIGIDA TIBBIYOT BIRLASHMASIDA BO‘LDI
14.01.2023 - 09:47Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab anomal sovuq ob-havo hukm surmoqda. Bu holatda sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari qanday choralarni ko‘rmoqdalar? Bu boradagi muammolar qanday bartaraf etilmoqda?
Bugun shahar Tibbiyot birlashmasida bo‘lgan shahar hokimi Gavhar Alimova va deputatlar bunga alohida e’tibor qaratdilar.