Hurmatli hamshaharlar!

Tarmogʻda kuchlanishning ortib ketishi  sababli  “teatr” energiya tarqatish punktidan 365 TP  oraligʻidagi yer osti kabelida uzilish yuzaga kelgan. Hozirda Kattaqoʻrgʻon shahar Elektr tarmoqlari korxonasi taʼmirlash brigadalari tomonidan yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf qilish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda. Taʼmirlash ishlari bugun 15-00 ga qadar yakuniga yetkazilib shahrimizning Chordara, A.Navoiy, Ziyolilar, Zomin, S.Olloyor, Mexrjon , O.Miriy , Gʻarb machit mahallalariga elektr taʼminotini tiklash boʻyicha ish olib borilmoqda.

Shuningdek Chinobod va Navbahor mahallalaridagi 2 ta  transformatorda yuzaga kelgan nosozliklarni ham bugun 14:00 ga qadar bartaraf qilish choralari koʻrilmoqda. 
Ishchi xodimlarimiz va mobil laboratoriya joylarda ish olib bormoqda.

Kattaqoʻrgʻon shahar Elektr tarmoqlari korxonasi

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM