Янгиликлар
"Kattaqo'rg'on shahargaz" gaz ta'minoti bo'limi ogohlantiradi !
19.01.2023 - 10:11Hurmatli fuqarolar!
Sovuq ob-havoni betalafot o‘tkazish uchun quydagi qoidalarga amal qiling.
Qo‘lbola va nosoz gaz isitish moslamalaridan foydalanmang;
Tungi vaqt o‘rnatilgan isitish tizimini nazoratsiz qoldirmang;
Aholining uy-joylarini isitishlari uchun mahalliy koʻmir mahsulotini yetkazib berish koʻzda tutilgan.
18.01.2023 - 17:03Shu maqsadda koʻmirga ehtiyoji boʻlgan shahrimiz fuqarolari sektorlar kesimida hamda shahar Obodonlashtirish boshqarmasidan imtiyozli narxda koʻmir mahsulotini sotib olishlari mumkin.
Murojaat uchun telefon: 88-397-10-41.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.
SHAHAR HOKIMI FUQAROLARNI QABUL QILDI
18.01.2023 - 14:02Bugun shahar hokimi Gavhar Alimovaning navbatdagi qabuli oʻtkazildi. Shahar Xalq qabulxonasida boʻlib oʻtgan qabulda 20 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etdilar.
Murojaatlarning aksariyati gaz, elektr taʼminoti borasida boʻlib, mutasaddilar ishtirokida murojaatlarni hal etilishi boʻyicha vazifalar belgilab olindi.
EHTIYOJMAND OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
17.01.2023 - 17:42Xalqimizda azaldan bir birining holidan xabar olish. ko'makga muhtojlarga yaqindan yordam berish an'anaga aylangan. Hozirgi qishning sovuq kunlarida ham shahrimiz mahallalaridagi kam ta'minlangan, ehtiyojmand oilalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida ularning holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari va issiq kiyim kechaklar berildi.