OBODONLASHTIRISH BOSHQARMASI XODIMLARIGA OSH BERILDI

Sovuq ob-havoda yo‘llarimizni muz va qordan tozalab fuqarolarning va avtomobillarning yurishi uchun qulaylik yaratayotgan Obodonlashtirish xodimlarining xizmatlari tahsinga sazovor.  Sovuqni sovuq demay ishlayotgan ushbu fidoyi insonlarning mehnatlarini bugun barcha yurtdoshlarimiz munosib e’tirof etmoqdalar.

Bugun kattaqo‘rg‘onlik shunday fidoyi insonlar, obodonlashtirish xodimlariga ham tadbirkor tomonidan osh berildi.

“Sharshara” tadbirlar maskanida tashkil qilingan tadbirga shahrimizdagi hamda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi obodonlashtirish xodimlari taklif etildilar.

Unda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova shahrimizda sovuq ob-havoda aholiga qulaylik yaratayotgan fidoyi insonlarning mehnatlarini qadrlash lozimligini alohida ta’kidladi va ularga sog‘lik-salomatlik tiladi.

Tadbir ishtirokchilari yurtimizning tinchligi va osoyishtaligi, shahrimizdagi bunyodkorlik ishlarining yanada bardavom bo‘lishi, muhimi xalqimizga xos bo‘lgan ana shunday  mehr- oqibatlilik, hamjihatlilik kabi yuksak fazilatlarning yanada bardavom bo‘lishini tilab duoga qo‘l ochdilar.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.    

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM