Янгиликлар

Maʼnaviy targʻibot aksiyasi amalga oshirildi

Respublika maʼnaviyat maʼrifat markazi Kattaqoʻrgʻon shahar boʻlinmasi boshligʻi Q.Boykolonov hamda Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markazi rahbari U.Negmatov ishtirokida "Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak maʼnaviyatga erishib boʻlmaydi" shiori ostida shahrimizdagi xonadonlarga tashrif buyurishdi. Maʼnaviy targʻibot ishlarini amalga oshirishib, oilalarga kitoblar sovgʻa qilishdi.

MUAMMOLAR HAL ETILMOQDA

Shahar kuz-qish shtabi tomonidan aholi va ijtimoiy obyektlarni elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan taʼminlash hamda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf qilish boʻyicha kunu-tun faoliyat olib borilmoqda.
Jumladan, shtab aʼzolari tomonidan aholining kommunal sohadagi hamda boshqa masalalar boʻyicha murojaatlarini tezkorlik bilan hal etish choralari koʻrilmoqda.   

ШАҲАР ДРАМА ТЕАТРИДА ВАТАННИНГ МАРД ВА ЖАСУР ЎҒЛОНЛАРИ БАЙРАМИ НИШОНЛАНДИ

Бугун Каттақўрғон шаҳар Драма театрида Ўзбекистон Республикаси Қуролли кучларининг 31 йиллиги ҳамда Ватан ҳимоячилари кунига бағишланган маданий-маърифий тадбир кўтаринки руҳда ўтказилди. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM