Tibbiy koʻrik  

2023 yil 12 iyun kuni ertalab Kattaqoʻrgʻon shahar koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada “Bolalar salomatligi oyligi” doirasida tibbiy koʻrik oʻtkaziladi.

Shahrimizga 18-30 yosh aholini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish maqsadida viloyat ixtisoslashtirilgan markazlarining 13 turdagi tor soha mutaxassislari tashrif buyurib, tibbiy koʻrik tashkil etiladi.

Salomatlik oyligi davomida kasalligi boʻyicha dispanser nazoratida turgan hamda nogironligi boʻlgan bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklardan oʻtkaziladi.

Hurmatli kattaqoʻrgʻonliklar barchangizni ushbu tibbiy koʻriklarga chorlab qolamiz. 

Oʻzingiz va yaqinlaringiz sogʻligʻiga befarq boʻlmang!        

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM