Aholini qoʻllab-quvvatlash maqsadida

Qishning sovuq kunlarida aholiga qulaylik yaratish maqsadida arzonlashtirilgan narxda mahalliy koʻmir mahsulotini ommaviy tarzda yetkazib berish koʻzda tutilgan. Bu borada shahrimizda ham sektorlar kesimida mahallalardagi koʻmirga ehtiyoji boʻlgan aholiga tarqatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga koʻmir mahsuloti bepul beriladi. Shuningdek, aholining ehtiyojidan kelib chiqib, arzonlashtirilgan narxda koʻmir mahsulotini olishlari uchun sharoit yaratilgan. Bugun shahar Obodonlashtirish boshqarmasidan shahar mahallalaridagi koʻmirga ehtiyoji boʻlgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ham koʻmir tarqatildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati .

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM