Mahallalarda ma’naviyat ustuvor bo‘lishi lozim
16.04.2024 - 10:34Mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ish uslubini tubdan o‘zgartirish, yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, ilm-fan bilan shug‘ullanishlari, ma’naviyati va ma’rifatini yuksaltirish mahallalar yettiligining kundalik ustuvor vazifasi bo‘lishi lozim. Zero, ma’naviyat yuksalgan joyda huquqbuzarliklar bo‘lmaydi. Tinchlik va osoyishtalik hukmron bo‘ladi.