KITOB TAQDIMOTI O'TKAZILDI

Kitoblar ko'p, ayniqsa, texnologiya tobora rivoj topayotgan bugungi kunda kitob chop ettirish, uni kitobxonga yetkazish har doimgidan yengil yumush. Biroq, qo'lga olib, bir boshlagandan tugatmaguningizgacha qo'ldan qo'ygingiz kelmaydiganlari sanoqli. Ijodkor jurnalist Hamidulla Xushvaqtovning "O'ZINGIZGA VIJDON SOTIB OLING!" nomli asari ana shunday kitoblardan biri, desak bu kitobni mutolaa qilib ulgurganlar fikrimizni tasdiqlaydi.

SamDU Kattaqo'rg'on filialida ushbu kitobning taqdimoti bo'lib o'tdi. Unda kitob muallifi Hamidulla Xushvaqtov, filial direktorining birinchi o'rinbosari Sh.Mustafayev, Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti dekani A.Sobirov hamda filial professor-o'qituvchilari va talabalar qatnashdi. Ustozlar, talaba yoshlar asar haqida, muallifning ijodiy faoliyati haqida to'xtalib o'tishdi.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM