“Yakkabog‘” mahallasida targ‘ibot tadbiri
09.01.2024 - 11:25Bugun Kattaqo‘rg‘on shahri mahallalarida o‘tkazilayotgan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi targ‘ibot tadbiri 4- sektordagi “Yakkabog‘” mahallasi aholisi uchun tashkil qilindi. 9-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda SamDU professor o‘qituvchilari, shoirlar, imom xatib, madaniyat bo‘limi san’atkorlari, mahalla yoshlari, nuroniylar, mahalla vakillari ishtirok etdi.