“Yakkabog‘” mahallasida targ‘ibot tadbiri 

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahri mahallalarida o‘tkazilayotgan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi targ‘ibot tadbiri 4- sektordagi  “Yakkabog‘” mahallasi aholisi uchun tashkil qilindi.  9-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda SamDU professor o‘qituvchilari, shoirlar, imom xatib, madaniyat bo‘limi san’atkorlari, mahalla yoshlari, nuroniylar, mahalla vakillari ishtirok etdi. 
Tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimizda aholi turmush sharoitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar,  ta’lim, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasidagi ishlar xususida so‘z yuritar ekanlar, bu kabi ishlar yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, uning manfaatlarini himoyalashga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Kuy va qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM