Harbiy vatanparvarlik oyligi davom etmoqda 

Image_tadbir: 

Kuni kecha shahrimizdagi 16-IDUMda "Harbiy vatanparvarlik oyligi" doirasida tadbir bo'lib o'tdi. Ushbu maktabda tahsil olgan, Vatan uchun jonini fido qilgan Ulug'bek Barnoyev xotirasiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda kattaqo’rg’onlik qahramon Ulug'bek Barnoyevning ota-onasi shahar harbiy qism komandiri F.Umarov, komandir o'rinbosari Sh.Nizamiddinov, harbiylar, maktab jamoasi, o'quvchilar ishtirok etishdi. 
Tadbirda harbiy qismning Qo'l jangi, harbiy orkestr va faxriy qorovul jamoalarining chiqishlari namoyish etildi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.                                                         

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM