Tadbirkorlarga qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi
16.01.2024 - 16:50Bugun shahar soliq inspeksiyasi binosida soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar bo‘yicha o‘quv-seminari o‘tkazildi. Tadbirda, viloyat Soliq boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i B.Saliyev, xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari, bosh hisobchilari, tadbirkorlar va soliq inspeksiyasi xodimlari ishtirok etishdi.