“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!”

Bugun “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun” shiori ostidagi targʻibot tadbiri 4-sektor hududidagi Sufi Olloyor mahallasi fuqarolari uchun oʻtkazildi. Tadbirni shahar DSI boshligʻi, 4 sektor rahbari F.Gʻaniyev ochib berdi. Shundan soʻng soʻzga chiqqanlar maʼnaviyat va maʼrifatning inson hayotidagi, jamiyat rivojidagi oʻrni haqida soʻz yuritdilar.

Xuddi shunday tadbir 1-sektorda joylashgan “Navbahor” mahallasi uchun 2-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida ham boʻlib oʻtdi. Unda SamDU oʻqituvchilari, “Kattaqoʻrgʻon tongi” gazetasi muharriri T.Hamidov, imom xatib va mahalla yoshlari, xotin-qizlar, mahalla vakillari ishtirok etdi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM