"AMIR TEMUR JANGOVOR BAYROG'I" KATTAQO'RG'ON SHAHRIDA

Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Respublikamiz Prezidenti tomonidan Markaziy harbiy okrug qoʻmondoniga topshirilgan “Amir Temur jangovar bayrogʻi” Kattqoʻrgʻon shahriga ham yetib keldi.

Bugun Kattaqoʻrgʻon garnizoni 02855 -xarbiy qismda oʻtkazilgan tadbirda Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, harbiy qism shaxsiy tarkibi, Kattaqoʻrgʻon shahar hokimi va sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimi, senator Gavhar Alimova Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligini hamda harbiy qism shaxsiy tarkibini ushbu erishilgan yutugʻ bilan muborakbod etib, Bugun shahrimizda mehmon boʻlib turgan “Amir Temur jangovor bayrogʻi” ham jondek aziz ekanligi, ushbu bayroq ajdodlarimizmizning tarixiy gʻalabalarini, yengilmas shon-sharafni, buyuk bobomiz Amir Temurning asriy orzu-istaklari, gʻayrati va shijoatini oʻzida mujassam etganligini taʼkidlab xarbiy xizmatchilarning oʻz burchlariga sodiq qolib, Vatan himoyasi yoʻlidagi ishlariga zafarlar tiladi.  

Shundan soʻng Markaziy harbiy okrugi qoʻmondonining oʻrinbosari polkovnik N.Qodirov soʻzga chiqib shahar hokimini, harbiy qism qoʻmondonligi va shaxsiy tarkibini ushbu “Amir Temur jangovar bayrogʻi” bilan qizgʻin muborakbod etdi. 

Tadbirda soʻz olganlar jangovar bayroqning qudrati, ahamiyati va uning zamirida yotgan mehnatning samarasi xususida toʻxtalib, yoshlarni shu yurtning tinchligi va ravnaqi yoʻlida faol boʻlishga undadi. 

Tadbir davomida harbiy xizmatchilarning saf yurishlari bilan “Amir Temur jangovor bayrogʻiga” extiromlarini koʻrsatishdi.

Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM