Янгиликлар

MEHNAT YARMARKASI O’TKAZILDI

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan ishsiz fuqarolar hamda harbiy hizmatchilarning oila a'zolarini ishga joylashtirish va kasbga oqitish, qayta tayyorlash maqsadida shahrimizning “Vatanparvar” mahallasida  “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Zomin mahallasida 4-sektor rahbari sayyor qabul o’tkazdi 

4-sektor hududidagi "Zomin" mahallasi binosida mahalla mas’ullari va sektorga biriktirilgan mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida sektor rahbarining fuqarolar bilan sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida fuqarolarning muammoli masalalari soha mutaxassislari ishtirokida atroflicha o'rganildi. Ba'zi masalalarga shu yerning o'zida huquqiy tushuntirishlar berildi.

MUNOSABAT 

Ijtimoiy tarmoqda, Ipak yoʻli koʻchasidagi holat yuzasidan murojaat tarqaldi.

Mazkur murojaatda koʻrsatilgan koʻcha chetidagi eski asfalt va beton boʻlaklari pudratchi yoʻl quruvchi tashkilot tomonidan chiqarildi, irrigatsiya ariqlari toshlardan tozalanib, muammo bartaraf etildi.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM