Янгиликлар

HARBIY QISMDA MA’RIFAT SOATI

Avval xabar berganimizdek, bugun Kattaqo‘rg‘on garnizoni harbiy qismda “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida tashkil qilingan ma’naviyat festivali tadbiri o‘tkazildi. Harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan ma’rifat soatida poytaxtdan tashrif buyurgan ma’rifatchilar va taniqli aktrisa va xonandalar ishtirok etdilar.

IJODIY uchrashuv

Kuni kecha Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Kattaqoʻrgʻon shahar boʻlinmasi, Yoshlar ishlari agentligi shahar bo’limi hamkorligida Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumida ijodiy uchrashuv o’tkazildi.
Unda Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Fazilat Abdullayeva ishtirok etdi. Tadbir davomida yoshlar shoiraning ijodi bilan yaqindan tanishdilar va she’rlaridan bahramand bo’ldilar.

Qarzdor otaning jazosi

Byuroning Kattaqoʻrgʻon shahar boʻlimi ish yurituvida boʻlgan fuqarolik ishlari boʻyicha Kattaqoʻrgʻon tumanlararo sudining 2015 yil 26 martdagi sud buyrugʻiga asosan qarzdor X.S. dan undiruvchi S.F. foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandlarining moddiy taʼminoti uchun aliment toʻlashi  belgilangan boʻlsada, huquqbuzar toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlab kelgan.   

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM