Янгиликлар

Mas’ullarga topshiriqlar berildi

Bugun viloyat hokimligida videoselektor tarzidagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda shahar hokimi Gavhar Alimova hamda tegishli mas’ullar 1-sektordan ishtirok etdilar.
Shahar hokimi kun tartibida ko‘rilgan masala ya’ni “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning 20 moddasi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi  Qonunning 6-moddasi ijrosi yuzasidan shaharda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha shahar  mas’ullarining axborotini eshitdi va zaruriy topshiriqlarni berdi.

Shashka va shaxmat bo’yicha mahalla bosqichi bo’lib otmoqda

Shahrimiz bo'ylab "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida barcha mahallalarda mahalla bosqichi bo'lib o'tmoqda. 
Jumladan 1 apreldan boshlab, sportning  shashka va shaxmat turi bo'yicha musobaqalar boshlandi.
Bugun Oq oltin, Guzalkent, Vatanparvar MFYlarda 16-21, 22-26 va 27-30 yosh toifasida shashka va shaxmat turi bo'yicha mahalla bosqichi o'tkazildi.

Ijodiy uchrashuv

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri direktori Botir Baxromovich Tugalov va Janubiy Koriya davlatining poytaxti Seul shahridagi  “Beyond Enterprise OU” drama teatri direktori, Choi Il Hwalar doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida rasmiy Memorandum imzolashdi.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM