Ijodiy uchrashuv

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri direktori Botir Baxromovich Tugalov va Janubiy Koriya davlatining poytaxti Seul shahridagi  “Beyond Enterprise OU” drama teatri direktori, Choi Il Hwalar doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida rasmiy Memorandum imzolashdi. O‘zbekiston Respublikasi va Koriya davlatlarining madaniy aloqalarini rivojlantirish, teatrlar o‘rtasida ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jumladan,  dramaturglar, rejissyorlar, rassomlar, aktyorlar xizmati, tajriba almashish, yuqori saviyali milliy va chet el sahna asarlarini hamkorlikda yaratish, shuningdek taniqli ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish, xalqaro festivallarda ishtirok etish, gastrollar safarlari tashkil etishda hamkorlikni amalga oshirish, kelgusida amalga oshirilayotgan istiqbolli rejalari kelishib olindi.

Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM