Янгиликлар

“Mahallada duv-duv gap”

4-sektor hududidagi “Zomin” mahallasi fuqarolari uchun bugun “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostidagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
8 umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirni sektor rahbari F.G‘aniev ochib berdi. Tadbirda shuningdek, imom xatib, SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali o‘qituvchilari, yoshlar, xotin-qizlar va nuroniylar ishtirok etdi.
Sektordagi mahallalarda targ‘ibot tadbirlari davom etadi.

Xatlov 2024

Kattaqo’rg’on shahrida “Yoshlar balansi”ni shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Bugun mahallalarda yoshlar xatlovini oʻtkazish uchun yoshlar yetakchilariga amaliy yordam berish va xatlov jarayonlarini muvofiqlashtirish maqsadida shahar SHTABI komissiyasi aʼzolarining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda xatlov o’tkazish bo’yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

”Маҳаллада дув-дув гап”

Тарғибот тадбирлари Каттақўрғон шаҳри маҳаллаларида давом этмоқда. “Ўрикзор” маҳалласи фуқаролари иштирокида 11 ИДУМ да бўлиб ўтган тадбирда ҳам профессор ўқитувчилар,  маданият ходимлари, ёшлар, нуронийлар, маҳалла фаоллари иштирок этди.

Harbiy qismda Ochiq eshiklar kuni o'tkazildi

Kattaqo'rg'on garnizonida joylashgan harbiy qismda O'zbekiston Respublikasi Prezidentning 2023 yil 14 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi" hamda "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Kattaqo'rg'on shahar 12-MTT tarbiylanuvchilari bilan "Yangi O'zbekiston armiyasi - mamlakat qudrati, yuksak g'urur va sadoqat timsolidir!" shiori ostida Ochiq eshiklar kuni tadbiri o'tkazildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar Iqtisodiyot va moliya boʻlimining 2023-yil “Fuqarolar tashabbusi” I va II mavsumining  4 chorak yakuni boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida  fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5072-sonli qarori ijrosini taʼminlash boʻyicha 2023 yilning fevral-aprel oylarida oʻtkazilgan tashabbusli byudjet jarayoning 1-mavsumida Kattaqoʻrgʻon shahri boʻyicha fuqarolar tomonidan jami 142 ta loyihalar ilgari surilib, 86 ta loyihalar ishchi komissiyasi tomonidan saralab olingan.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM