Янгиликлар

Hurmatli hamshaharlar!

Kattaqo'rg'on shahri bo‘ylab gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolarni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida shahar hokimligida 24 soat davomida uzluksiz ishlovchi shtab bilan quyidagi telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz: o‘z murojaatlaringizni mutasaddi rahbarlardan tashkil topgan shtab aʼzolariga tezkor yetkazishingiz mumkin.

Maʼnaviy targʻibot aksiyasi amalga oshirildi

Respublika maʼnaviyat maʼrifat markazi Kattaqoʻrgʻon shahar boʻlinmasi boshligʻi Q.Boykolonov hamda Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markazi rahbari U.Negmatov ishtirokida "Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak maʼnaviyatga erishib boʻlmaydi" shiori ostida shahrimizdagi xonadonlarga tashrif buyurishdi. Maʼnaviy targʻibot ishlarini amalga oshirishib, oilalarga kitoblar sovgʻa qilishdi.

MUAMMOLAR HAL ETILMOQDA

Shahar kuz-qish shtabi tomonidan aholi va ijtimoiy obyektlarni elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan taʼminlash hamda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf qilish boʻyicha kunu-tun faoliyat olib borilmoqda.
Jumladan, shtab aʼzolari tomonidan aholining kommunal sohadagi hamda boshqa masalalar boʻyicha murojaatlarini tezkorlik bilan hal etish choralari koʻrilmoqda.   

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM