Янгиликлар
MUROJAATLAR JOYIDA O‘RGANILDI
17.04.2023 - 14:12Shahar hokimi Gavhar Alimova qabuli davomida tushgan murojaatlarning ayrimlarini joyiga chiqqan holda o‘rganishni ta’kidlagan edi. Shu maqsadda hududlarda bo‘lgan shahar hokimi fuqarolarning murojaatlarini joyida o‘rgandi.
Mas’ullar ishtirokida o‘rganish davomida murojaatlarni hal etilishi bo‘yicha zaruriy topshiriqlarni berdi.
Tabriklaymiz
17.04.2023 - 09:0815 aprel-"Madaniyat va san'at xodimlari kuni" munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi teatri va Forumlar saroyida oʻtkazilgan tantanali marosimda Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri direktori, "Madaniyat va san'at fidokori" ko‘krak nishoni sohibi B.Tugalov yana bir bor "Xorijiy hamkorlik tashabbuskori" nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.
Harbiy xizmatchilar maktab internat o'quvchilari huzurida
15.04.2023 - 17:25Kuni kecha Kattaqo'rg'on garnizoni 02855 harbiy qism qo'mondonligi tomonidan "BOLALARDA - VATAN TUYG'USI" shiori ostida Kattaqo'rg'on shahar 5-yordamchi maxsus maktab internati o'quvchi yoshlari ongi tafakkuriga Vatan himoyasi sharafli burch ekanligi, milliy armiyamiz bilan faxrlanish tuyg'usini chuqur singdirishga qaratilgan targ'ibot ishlari tashkillashtirildi.
“Ayollar daftari”dagi ayollarga tikuv mashinalari taqdim etildi
15.04.2023 - 11:21Bugun mamlakatimizda aholini, xususan xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan “Ayollar daftari” koʻplab ayollarni turmush sharoitlarini yaxshilashda imkoniyat eshiklarini ochmoqda.
Bugun shahrimizdagi daftarda turgan xotin-qizlarga ham bu imkoniyat taqdim etildi. Ularga tikuv mashinalari berildi.