Янгиликлар

Besh tashabbus stol tennisi

Shu kunlarda shahrimizda ham “Besh tashabbus olimpiadasi"ning birinchi mavsumi doirasida musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida kuni kecha Stol tennisi bo‘yicha mahalla bosqichi o‘tkazildi.
Mahallalarning 11-15, 16-21, 22-26 va 27-30  yoshlari uchun tashkil qilingan Stol tennisi musobaqasi uyushqoqlik bilan o‘tkazildi va unda yoshlar faol qatnashdilar.

Ҳар куни тухум истеъмол қилишнинг фойдали томонлари

 Хотирани яхшилайди:
Кўпчилик тухум таркибидаги асетилколин деб аталадиган ва хотирамизни яхшилашга ёрдам берадиган модда ҳақида эшитмаган бўлиши мумкин.
Ҳар куни эрталаб тухум истеъмол қилиш, айниқса, болаларнинг концентрациясини яхшилаш ва яхшироқ ўқиш учун фойдалидир.

Aholi murojaatlari o‘rganildi

Bugun shahar hokimi Gavhar Alimovaning navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Shahar Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan qabul davomida 40 ga yaqin fuqarolar ishtirok etdilar. Qabulda fuqarolardan ishga joylashish, moddiy yordam, sog‘lig‘ini tiklash uchun yordam, uy-joy bilan ta’minlash, oilaviy va boshqa mazmundagi murojaatlar tushdi.

TABRIK

11- IDUM  Chaqiriqqa qadar yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari Zoxid Nazarov 2023 yil 14 yanvarda Mudofa vazirining ko‘krak nishoni bilan takdirlangan edi. Yaqinda ustozga Milliy gvardiya qo‘mondonligining tashakkurnomasi ham topshirildi.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM