"Kitobsevar millat" shiori ostida IV Respublika Kitobxonlik haftaligi

Kattaqo'rg'on shahar Axborot-kutubxona markazida "Kitobsevar millat" shiori ostida IV Respublika Kitobxonlik haftaligining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Haftalikda Respublika Ma'naviyat-ma'rifat markazi Kattaqo'rg'on shahar bo'limi boshlig'i Q.Boykalonov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi F. Abdullayeva, O'zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahar Ixtisoslashtirilgan maktabi Ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari M. Egamova hamda 3-umumta'lim maktabi o'quvchilari ishtirok etdi. Haftalikda Respublika Ma'naviyat-ma'rifat markazi Kattaqo'rg'on shahar bo'limi boshlig'i Q.Boykalonov mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risidagi maruzasi bilan ochib berdi.

Shundan so'ng, shoira F. Abdullayeva o'zining eng sara she'rlaridan kitobxonlarga o'qib eshittirdi.

O'zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahar Ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari tomonidan ijro etilgan O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari", Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror" dostonidagi "Sher va durroj" hikoyalari asosida sahnalashtirilgan chiqishlar barchani o'ziga jalb etdi.

Tadbir davomida 3-umumta'im maktabi o'quvchilari M. Abdunazariy hamda U. Abdulmanovlar ijrosidagi kuy qo'shiqlar barchaning e'tirofiga sazovor bo'ldi.

Kitobxonlik haftaligining ochilishi juda maroqli va mazmunli bo'lib o'tdi.

Aziz kitobxonlar haftalik doirasida madaniy-maʼrifiy tadbirlar, kitob savdo koʻrgazma-yarmarkalari, yozuvchi va shoirlar hamda yosh ijodkorlarning kitoblari taqdimotlari, kitob targʻibotiga oid qiziqarli chellenjlar, davra suhbatlari, "Zakovat" intellektual o'yinlari tashkil etiladi. Shu munosabat bilan shahrimizdagi barcha kitob ixlosmandlarini haftalikka faol ishtirok etishga chorlaymiz.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM