Onalik va bolalikni muhofaza qilish dolzarb masala

Mamlakatimizda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh mezoniga aylangan
Shahar tibbiyot birlashmasida shahar hokimi Gavhar Alimova, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Suxrob Zayniev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish ushbu masalaga bag‘ishlandi. 

Unda shifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalar faoliyatini kuchaytirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish ishlarining samaradorligini oshirish hamda bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish masalalari muhokama etildi va mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, yig‘ilishda elektron ambulator karta yuritish, poliklinikalarni axborot texnologiyalari bilan ta’minlash, kadrlar malakasini oshirish masalasida aniq vazifalar berildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM