SHAHAR KENGASHINING 90 SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Bugun Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi 90 sessiyasi o‘tkazildi. Unda shahar hokimi o‘rinbosarlari, deputatlar, tegishli tashkilotlar va korxonalar rahbarlari ishtirok etdilar.

Dastlab, 2024 yil 1-choragi yakuni bilan “Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash” Dasturi ijrosini, shu jumladan ajratilgan kreditlar samaradorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida shahar hokimining birinchi o‘rinbosari M.Toshpulatovning hisoboti eshitildi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala bo‘yicha ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi "Suv ta’minoti va oqava suv tizimini rivojlantirish hamda institutsional salohiyatini oshirish” dasturi doirasida “Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida ichimlik suvi tizimlarini rekonstruksiya qilish amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2022-yil 10-martdagi PQ-159-sonli qarorining 7-ilovasi 12.1 bandiga asosan Kattaqo‘rg‘on shahrida aholini ichimlik va oqava suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida rejalar to‘g‘risida Samarqand suv ta’minoti MChJ Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘lim boshlig‘i A.Mamedov hisobot berdi.

Shundan so‘ng shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i v.v.b O.Kadirovning 2024 yil 1-mavsumda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish- ga yo‘naltirilishi to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.

Navbatdagi masala yuzasidan shahar hududida jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikni oldini olish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan 2024-yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari- Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i Sh.Dusanovning hisoboti deputatlar e’tiboriga havola etildi.

Shuningdek, sessiyada Kattaqo‘rg‘on shahar aholisi, ijtimoiy soha ob’ektlari va iqtisodiyot tarmoqlarini 2024-yilda energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash to‘g‘risidagi hamda Mamatov Abbos Aktam o‘g‘lini-Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligining Tashkiliy kadrlar guruhi rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlash hamda Sadriddinov Fazliddin Olimovichni Kattaqo‘rg‘on shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi tashkiliy masalalar yuzasidan qarorlar tasdiqlandi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM