Yoshlarni buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan saqlash muhim

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar kasb-hunar maktabi o’quvchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyat hududiy boshqarmasi Kattaqo‘rg‘on shahar xodimi B.Qodirov,  shahar IIB TQX TQKG tezkor vakili kapitan J.Baxriddinov hamda tegishli mas’ullar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda yoshlar o‘rtasida bugungi kunda uchrab turgan jinoyatchiliklar, salbiy oqibatlari va ularni oldini olish borasida fikrlar bildirildi. Samimiy muloqot tarzida o‘tgan davra suhbati davomida yurtga sadoqat, fidoiylik, bag‘rikenglik g‘oyalari haqida so‘z yuritilib, o'quvchilarni qiziqtirgan savollar bo‘yicha tegishli ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ushbu tadbirda ishtirokchilarga to‘g‘ri yo‘ldan adashganlar qismatini hikoya qiluvchi “Tinchlik qadri” nomli hujjatli film namoyish etildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM