Maktabgacha ta’lim - inson kamolotidagi muhim bosqich

Inson kamolotida maktabgacha ta’limning ahamiyati katta. Shu bois bugun maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun munosib shart-sharoitlar yaratilishiga alohida e’tibor qaratilgan.

25 maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lgan shahar hokimi Gavhar Alimova bu borada ta’lim muassasasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Bu yerda bolalar uchun ovqatlanish, dars mashg‘ulotlarini o‘tish, ularning til o‘rganishlari, sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Muassasa tarbiyalanuvchilari o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘rgangan she’rlari va gimnastika mashqlarini namoyon etdilar. Shahar hokimi ta’lim-tarbiya sifat va samaradorligini hamda pedagoglarning salohiyatini yanada oshirish yuzasidan tavsiyalarini berdi. 

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM