INGICHKA QOʻRGʻONIDA NAVROʻZ BAYRAMI SHODIYONALARI BO'LIB O'TDI 

Xalqimizning sevimli ayyomlaridan bo‘lgan Navro‘z umumaxalq bayramini ingichkaliklar ham ko‘tarinki tarzda nishonladilar.   
Bayram sayli shaharchadagi madaniyat markazida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova sektor rahbarlari, nuroniylar, jamoatchilik vakillari hamda ingichka ahli ishtirok etdilar.  
Shahar hokimi tadbir ishtirokchilarini navro‘z ayyomi bilan muborakbod etar ekan keyingi yillarda Ingichka shaharchasida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlariga alohida to‘xtaldi.

Shahar Madaniyat bo‘limi hamda Ingichka madaniyat markazi san’atkorlari ijrosidagi Navro‘zni tarannum etuvchi kuy va qo‘shiqlar tadbirga shukuh bag‘ishlashi bilan birga ingichkaliklarga shod xurramlik ulashdi.

Bayram shodiyonasi davomida sport turlari bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritgan bir guruh Ingichkalik yoshlarning yutuqlari ham e’tirof etildi.   

Bayram tadbirlari davom etadi. 

Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM