FUTBOL BO'YICHA G'OLIB VA SOVRINDORLAR E'TIROF ETILDI

Taqdirlash marosimida ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova, shahar prokurori Ismoil Nuriddinov, hokim o'rinbosarlari hamda tadbir mehmonlari so‘zga chiqib, yosh sportchilarni hamda murabbiylarini erishgan yuqori natijalari bilan tabriklashdi.  

Tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar sport maktabining 2008-2009 yillarda tug‘ilgan sportchi o‘quvchilari O‘zbekiston terma jamolari o‘rtasida Futbol bo’yicha mutloq chempion bo‘lib, fahrli 1-o‘rinni hamda 2012-2013-yillarda tug‘ilgan sportchi o‘quvchilar viloyat bosqichda fahrli 1-o‘rinni egallaganligi e’tirof etilib, munosib taqdirlandi.

Shahrimizning sportchi yoshlariga bundanda yuqori natijalarga erishishlarida omadlar tilaymiz!

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM