Kattaqo‘rg‘on shahrida 2024 yilda yangi tartib asosida qurilayotgan ko‘p qavatli turar-joy binolarining qurilish ishlari va yangi loyihalar bilan tanishish maqsadida Press-tur o‘tkazildi

Respublikamiz Prezidentining 2021 yil 9-dekabrdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-33-sonli Farmoniga asosan Kattaqo‘rg‘on shahrida 2024 yilgi dasturga asosan 258 xonadondan iborat 3 ta ko‘p qavatli uy-joylar qurish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda

Mazkur qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joy ob’ektlarida qurilish ishlarining borishi, ushbu sohada innovatsion yangiliklarga e’tibor qaratilishi va amalaga oshirilayotgan yangi loyihalar bilan tanishish maqsadida shahar hokimining kapital qurilish, kommunikatsiya va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jamshid Axmedov hamda “Kattaqo‘rg‘on tongi” gazetasi, korxona-tashkilotlar matbuot kotiblari ishtirokida Press-tur tashkil etildi.

Ushbu Press-tur davomida Kattaqo‘rg‘on shahar Go‘zalkent mahallasi, Mahtumquli ko‘chasida "HUMO AVENUE GROUP" MChJ tomonidan qurilayotgan 9 qavatli 106 xonadonli turar-joy binosi, "BRAND TEXTIL 22" MChJ tomonidan Amir Temur mahallasi, Beklar ko‘chasi hududida qurilayotgan 7 qavatli 126 xonadonli turar-joy binosi hamda Amir Temur mahallasining Amir Temur ko‘chasi hududida "Samkat Raqobat Invest" MChJ tomonidan qurilayotgan 7 qavatli 26 xonadonli ko‘p qavatli turar-joy binolarini qurilish ishlarining olib borilishi o‘rganildi.

Press-tur jarayonida mazkur qurilish ob’ektlarida ishlarni tashkil etilishi, foydalanilayotgan qurilish mahsulotlari sifati bilan birga bu yerda ishlayotgan quruvchilarning mexnat muhofazasi va texnik xavfsizligiga rioya qilinishi ham ko‘zdan kechirildi.

Pudratchi tashkilot raxbarlari va mas’ullari tomonidan ishtirokchilarga ob’ektlarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining tashkil etilishi va foydalanilayotgan qurilish mahsulotlarining sifati yuzasidan tushunchalar berildi.  

Ushbu ko‘p qavatli turar-joy binolarining aksariyati joriy yil yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM