SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O‘TKAZILDI

Bugun Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining navbatdagi sakson to‘qqizinchi sessiyasi o‘tkazildi. Unda shahar sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, deputatlar, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.

Kun tartibidagi birinchi masala bo‘yicha ya’ni, Kattaqo‘rg‘on shahrini ishsizlik va korrupsiyadan holi hududga aylantirish hamda sektor rahbarlari tomonidan mahallalarda ishlarni tashkil qilish chora-tadbirlari yuzasidan sektor rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

Sessiyada shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i A.Alimovning Ishsizlikni kamaytirish va bandlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hisoboti ham deputatlar e’tiboriga havola qilindi.

Shundan so‘ng 2024 yilda Kattaqo‘rg‘on shahrida kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida, 2024-yil 1-yanvar holatiga shahar mahalliy byudjetining erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan ajratiladigan mablag‘lar to‘g‘risida, shahardagi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlar to‘g‘risida, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisob varag‘idan kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida hamda shaharda ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlarni “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi qarorlar deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Shuning bilan shahar kengashining 89 sessiyasi o‘z ishini tugatdi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM