Kattaqo‘rg‘on shahrida kichik sanoat zonalari faoliyati, sanoat korxonalari va yangi loyihalar bilan tanishish, hududida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari bo‘yicha Press-tur o‘tkazildi

Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘yicha jami 6 ta kichik sanoat zonalari mavjud bo‘lib, (umumiy maydoni 21.4 gektar) shundan 3 ta kichik sanoat zonalari (umumiy maydoni 17.6 gektar) hududida umumiy qiymati 21,3 mln.dollar, shundan tashabbuskorlar mablag‘i 18,7 mln dollar, bank krediti 0.6 mln.dollar, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya 2.0 mln.dollar miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirilishi natijasida 887 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilishi nazarda tutilgan 30 ta investitsiya loyihalarni amalga oshirish belgilangan.  

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ikrom Mamatov ishtirokida shahar hokimligi axborot xizmati, “Kattaqo‘rg‘on tongi” gazetasi va korxona tashkilotlarning matbuot kotiblari bilan tashkil etilgan Press-tur davomida shahardagi sobiq “Kattaqo‘rg‘on MTP” kichik sanoat zonasiga tashrif buyurilib, xududida (umumiy maydoni 2.0 ga) umumiy qiymati 3.6 mln.dollar (100% tashabbuskorlar mablag‘i) bo‘lgan “Yuqori bosimli plastik va metall quvurlar ishlab chiqarish” bo‘yicha tashkil etilgan 2 ta investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlab-chiqarish jarayonlari va shart-sharoitlar borasida o‘rganishlar olib borildi.

  Kattaqo‘rg‘on shahrida shuningdek, sobiq "Ingichka koni" AJ kichik sanoat zonasi xududida (umumiy maydoni 4.0 ga) umumiy qiymati 694,5 ming.dollar (100% tashabbuskorlar mablag‘i) bo‘lgan “Qurilish materiallari ishlab chiqarish”ni 10 ta investitsiya loyihasi amalga amalga oshirilishi natijasida 92 nafar yangi ish o‘rinlari bo‘lgan investitsiya loyihalari joylashtirilgan.

“Kattaqo‘rg‘on Yog‘-moy” AJ xamda “Mexanizatsiyalashgan ko‘chma kolonna MK-12” MChJ  hududlarida tashkil etilgan “Qo‘shxovuz” kichik sanoat zonasi xududida (umumiy maydoni 11,7 ga) umumiy qiymati 17.0 mln.dollar (shundan 14,4 mln.dollar tashabbuskor mablag‘lari va 0,6 mln dollar bank krediti mablag‘lari, 2,0 mln dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya mablag‘lari) bo‘lgan “Sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish”ga mo‘ljallangan 18 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi natijasida 625 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

 

Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM