“Eng yaxshi kitobxon maktab” tanlovi g'oliblari taqdirlandi 

Joriy yilning yanvar oyida mamlakatimizdagi umumta’lim maktablarida o‘quvchi-yoshlarning kitobxonligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilgan sharoitlarni aniqlash maqsadida “Eng yaxshi kitobxon maktab” shiori ostida onlayn ko‘rik-tanlov tashkil etilgan edi.

Mazkur tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra 4 mart  kuni Toshkent shahridagi Turkiston saroyida bo‘lib o‘tgan g‘oliblarni taqdirlash marosimida 5 ta yo‘nalish bo‘yicha faol ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan Kattaqo‘rg‘on shahar 13-umumta’lim maktabi Respublika Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining diplomi hamda maxsus ta’sis etilgan sovrin bilan taqdilandi. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM