MAHALLA YETTILIGINING HAMKORLIKDAGI FAOLIYATI MUHIM

Bugun hokim yordamchilari ishtirokidagi mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan belgilangan o‘quv seminari mazmunli bo‘ldi.

Unda ishtirok etgan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari M.Toshpo‘latov hokim yordamchilarining vazifalari, hamkorlikdagi faoliyati haqida o‘z yuritdi.

Seminar davomida ishtirokchilar mahallalardagi muammolarni mas’ullarning hamjihatlikda hal etishi, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, to‘lov madaniyatini oshirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish kabi muhim masalalar bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM