O‘quvchilarning kasb-hunar egallashlarida dual ta’lim tizimi samarali bo‘lmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 martdagi 163-sonli qarorining Professional ta’lim tizimida dual ta’limini tashkil etish chora-tadbirlaridan kelib chiqib, Kattaqo‘rg‘on shahar kasb-hunar maktabida korxona va tashkilotlardan buyurtma asosida dual ta’lim tizimi samarali tashkil qilingan.

Bugungi kunda 6 ta guruhdan tashkil topgan kasb-hunar maktabining 1 va 2 bosqich o‘quvchilari 2023-2024 o‘quv yilida “Avtomobil shassisiga texnik xizmat ko‘rsatish” hamda “Avtomobil dvigatellarini tashxislash va ta’mirlash” yo‘nalishlarida kasbiy mahoratlarini oshirib kelishyapti. Hozirgi kunda buyurtmachi korxona-tashkilotlarning buyurtmasiga asosan, 177 nafar o‘quvchilar ham amaliy ham nazariy bilimlarini puxta egallab kelmoqdalar. 

2022-2023 o‘quv yilida kasb-hunar maktabinining dual ta’lim yo‘nalishini bitirgan o‘quvchilar, buyurtmachi tashkilot-korxonalarda o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha faoliyat olib bormoqdalar. Bu tizim bir vaqtning o‘zida ham o‘qish ham ishlab daromad topish imkoniyatini beradigan dastur amalda ekanligidan dalolatdir.

 

Kattaqo‘rg‘on shahar kasb-hunar maktabi

IChTB direktor o‘rinbosari Ulug‘bek Djalolov

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM