Korrupsiya-vijdon saratoni

Bugun, Respublika Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyat boshqarma boshlig‘i A.Negmatov, Kattaqo‘rg‘on shahar prokurori I.Nuriddinov hamda tegishli muassasalar vakillari tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limi xodimlari ishtirokida “Korrupsiya-vijdon saratoni” mavzusidagi uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchi barcha xodimlarga Respublikamiz Prezidentining PQ-5177-son Qarorining mazmun-mohiyati, tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda uning salbiy oqibatlari bo‘yicha tushunchalar berildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM