SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Bugun xalq deputatlari shahar kengashining navbatdagi 88 sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi o‘rinbosarlari, deputatlar, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakiallari ishtirok etdi.

Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi “2024 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-7-son qarori ijrosi yuzasidan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari M.Toshpo‘latovning hisoboti eshitildi.

 

Navbatdagi masala ya’ni, Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasining 2023 yil davomida qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash borasida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida shahar prokurori I.Nuriddinovning hisobot berdi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi boshlig‘i T.Jumanazarovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24-noyabrdagi PF-6118-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.

“Qizil” toifadagi mahalla profilaktika inspektorlari “G‘arb Machit” mahallasidan kapitan Otabek Qodirov hamda “Qo‘shhovuz” mahallasidan katta leytenant Murodjon Amirovning hisobotlari deputatlar e’tiboriga havola qilindi.

Jamoatchilik fikri asosida shakllangan loyihalarni baholash, saralab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha Ishchi komissiyalar tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi, Kattaqo‘rg‘on shahar IIB JHX, HPB, IPG katta inspektor mayor Xudayberdiev Farrux Sheralievichni 3-sektor kotibi vazifasiga biriktirish to‘g‘risidagi va 2024-yil 1-yanvar holatiga shahar mahalliy byudjetining erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan ajratiladigan mablag‘lar to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, sessiyada shahardagi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlar to‘g‘risidagi, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisob varag‘idan kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi, Kattaqo‘rg‘on shahar hududida “Hokimlik bog‘i”ni tashkil etish to‘g‘risidagi, Kattaqo‘rg‘on shahar hududida “Yashil belbog‘” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risidagi hamda shahar sektor rahbarlarining hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining ehtiyojmand qatlamini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish bo‘yicha “yo‘l xarita”larini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ham deputatlar muhkamasiga havola etildi.

Shuning bilan sessiya o‘z ishini yakunladi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM