Murojaatlarga munosabat o‘zgarmoqda

Kuni kecha shahar Xalq qabulxonasida O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat Kengashi hamkorligida sayyor qabul o'tkazildi.

Sayyor qabulda XDPning viloyat Kengashi raisi Badriddin Nasriev, shahar Xalq qabulxonasi mudiri Xamrotosh Shodieva hamda  tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. 

Qabul davomida fuqarolarni qiynayotgan muammolarga yechim izlandi va 20 dan ortiq murojaatlarning aksariyati shahar hokimligi hamda tashkilot-muassasalar mas’ul xodimlari ishtirokida joyida ijobiy hal etildi. Ayrim masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlariga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM