Maktabgacha ta’lim tizimidagi masalalar muhokama qilindi

Maktabgacha ta’limdagi shart-sharoitlarning talab darajasida bo‘lishi tarbiyalanuvchilarni munosib bilim olishlarini ta’minlash bilan birga sohada faoliyat yurituvchi pedagoglar ish unumdorligini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Shahar hokimi Gavhar Alimovaning shahar maktabgacha ta’lim sohasi vakillari bilan uchrashuvi ushbu masalaga bag‘ishlandi.
-Har bir pedagog ta’lim-tarbiya masalasi uning asosiy vazifasi ekanligini dildan his qilishi va unga mas’uliyat bilan yondashishi lozim, -deya ta’kidladi shahar hokimi o‘z so‘zida.

Yig‘ilish davomida shaharda maktabgacha ta’lim tizimini yanada yaxshilash borasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan ta’lim tashkilotlari mutasaddilarining takliflari eshitildi.
Albatta, bu sa’y-harakatlar kelgusida shahrimizda yoshlarni yurtga munosib avlod bo‘lib o‘sishiga xizmat qiladi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM