PRESS-TUR TASHKIL ETILDI

Bugun shahar hokimligi axborot xizmati tomonidan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Muhammadali Toshpo’latov ishtirokida press tur o‘tkazildi.

Press-tur davomida dastlab shahrimizdagi “Navbahor”mahallasida joylashgan “Denim Collection” MChJ tomonidan tashkil etilgan tikuvchilik korxonasida olib borilayotgan ishlab chiqarish jarayoni va rejalari bilan tanishildi. Ushbu korxonada 40 ga yaqin xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan. Shuningdek, ushbu hududdagi “KRISTALL 777” MChJ tomonidan tashkil etilgan mebel ishlab chiqarish korxonasi faoliyati ham ko‘zdan kechirildi.   

Press-tur ishtirokchilarining navbatdagi manzili Amir Temur mahallasidagi tadbirkor A.Bekmurodov tomonidan tashkil etilgan “Issiqxona” bo‘ldi. Issiqxonada sitrus mevalar bilan birga pomidor yetishtirish ham yo‘lga qo‘yilgan. Tadbirkor faoliyatini kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratishni reja qilgan.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM