YO‘L QOIDASI - UMR FOYDASI

Bugun shahar IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan Abu Ali Ibn Sino nomidagi “Jamoat salomatligi texnikumi” hamda Samarqand Davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialida talabalar bilan o‘tkazilgan davra suhbati ushbu mavzuga bag‘ishlandi.

Suhbat davomida yo‘l-transport hodisalarini oldini olish, piyodalarning yo‘llarda harakatlanishi, yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlari yuzasidan tushuntirish berildi.

Shuningdek, “Har haftaning juma targ‘ibot kuni” munosabati bilan 2-umumta’lim maktabida ham yo‘l harakati qoidalariga oid dars o‘tkazildi.

Tadbirlarda o‘quvchi-yoshlar yo‘l-transport hodisalarini va huquqbuzarliklarni oldini olish, hushyorlikni oshirish, harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi qoidalar bilan tanishtirildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM